Angilya
Angilya inglizcha: Anguilla
| |
|---|---|
| Britaniyaning dengizorti hududi | |
|
Shior: "Unity, Strength and Endurance" ("Birlik, kuch va chidamlilik") | |
|
Madhiya: "God Save the King" | |
|
| |
| Poytaxt | Valli |
| Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
| Etnik guruhlar (2011) |
• 85.3% Afrikaliklar • 4.9% Ispan-amerikaliklar • 3.8% Aralash • 3.2% Oq tanlilar • 1.0% Hindular • 1.9% boshqalar |
| Etnoxoronim(lar) | Angilyaliklar |
| Yetakchilar | |
• Monarx |
Charles III |
| Juliya Krauch | |
• Gubernator oʻrinbosari |
Perin A. Bredli |
| Kora Richardson-Hoj | |
• Vazir |
Stiven Douti |
| Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Kengash palatasi |
• Inglizlar nazorati |
1667-yil |
• Sent-Kits va Nevis bilan federatsiya |
1871-yil |
• Ajralish va mustaqillik |
1967-yil 12-iyul |
• Britaniya nazorati tiklanishi |
1969-yil 18-mart |
| Maydon | |
• Butun |
91 km2 |
• Suv (%) |
ahamiyatsiz |
| Aholi | |
• 2021-yilgi roʻyxat |
15,753 kishi |
| • Zichlik | 132/km2 |
| YIM (XQT) | 2014-yil roʻyxati |
• Butun |
$311 million |
• Jon boshiga |
$29,493 |
| YIM (nominal) | 2020-yil roʻyxati |
• Butun |
$307,000,000 |
| Pul birligi | Sharqiy Karib dollari (XCD) |
| Vaqt mintaqasi | UTC−04:00 (AST) |
| Sana formati | kun/oy/yil |
| Avtomobil harakati | Chapga |
| Telefon prefiksi | +1 264 |
| ISO 3166 kodi | AI |
| Internet domeni | .ai |
|
Web-sayt gov.ai | |
Angilya (inglizcha: Anguilla) — Karib havzasida joylashagan Britaniyaning dengizorti hududi. Puerto-Riko va Virginiya orollaridan sharqda va Sent-Marten orolining shimoliy qismida hamda Kichik Antil orollari tarkibiga kiruvchi Shamolsiz orollarining eng shimoliy qismida joylashgan[1].
Boshqaruv shakli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Britaniyaning dengiz ortidagi oʻzini oʻziboshqaruvchi qaram hudud. Konstitutsiyasi 1982-yil 1-aprelda qabul qilingan. Davlat rahbari Charles III. Uning nomidan gubernator ish olib boradi. Ijro etuvchi hokimiyatni Ijroiya Kengashi bosh vaziri amalga oshiradi. U umumxalq ovoz berishida saylangan Assambleya aʼzolari orasidan tayinlanadi. Bir palatali parlament — Assambleya 11 aʼzodan iborat.
Angilya birlashgan harakati, Angilya birlashgan fronti, Angilya taraqqiyparvar partiyasi asosiy kuchlardir.
Hudud 14 ta tumanga boʻlingan. Aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 80,8 yosh. Qora tanlilar 90,1 foizni, mulatlar 4,6 foizni, oq tanlilar 3,7 foizni tashkil etadi. Aholisi nasroniylik va katolik diniga eʼtiqod qiladi.
Joylashuvi va tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karib dengizida joylashgan Shimoliy Amerikadagi davlat. Angilya orollari (91 km²) mamlakat tarkibiga kiradi. U janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa tomon 26 kilometr uzunlikka (eni 5 km ga) choʻzilgan. Mamlakat hududida yondosh va odam yashamaydigan mayda orollar va marjon riflar ham kiradi. Skrab (7,8 km²), Dog (2,2 km²), Sombrero (0,4 km²) va Prikli-Pirkeys shular sirasidan. Asosiy oroldan bir necha kilometr uzoqlikda Fransiya va Niderlandiya oʻrtasida taqsimlangan Sen-Marten orollari joylashgan.
Iqlimi tropik passatli. Angilya — yassi marjon oroli boʻlib, oʻsimliklar olami siyrak. Asosan butalar, kakos palmalari, zaharli mantsinellalar oʻsadi. Shoʻr suvli havzalariga Shimoliy Amerikadan janubga uchib ketayotgan qushlar qoʻnib oʻtadi. Eng baland nuqtasi — Krokus Hill qoyasi (65 metr). Orolda koʻplab qoʻltiqlar va oq qumli plyajlar joylashgan. Yillik oʻrtacha harorat — +27°C. Yillik yogʻinlar miqdori — 889 mm. Iyuldan oktyabrga qadar boʻronlar turishi mumkin.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropaliklar Amerika qitʼasini ochganiga qadar bu yerda aravaklar yashagan. Ular baliqchilik bilan shugʻullangan, ildizmevali oʻsimliklar yetishtirishgan. 1493-yili orolga X. Kolumb ekspeditsiyasi kelib tushdi.
Ispanlar kirib kelgach, tub joy aholining koʻpi asirga olindi yoki Karibdagi jangovar qabilalar tomonidan qirib yuborildi. Materikdagi yirik va boy mustamlakalarga ega boʻlgan ispanlarni Angilya kabi mayda orollar uncha qiziqtirmas edi.
1631-yili gollandlar tomonidan aholi punktlariga asos solingan. 1650-yildan orol Britaniya mulkiga aylandi. Britaniyalik fermerlar avvaliga bu yerda tamaki va paxta yetishtirishdi. XVIII asr boshlarida afrikalik qullar keltirildi va shakarqamish oʻstirila boshlandi. Kelib chiqishi asli afrikalik boʻlgan aholi bugungi kunda mamlakatning asosiy fuqarolari hisoblanadi.
XVIII asrda fransuzlar orolni bosib olishga ikki bor urindi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. XVII asrdan 1960-yilga qadar orol Sent-Kits, Nevis va Angliya maʼmuriy jihatdan birlashtirildi. 1967-yili bu orollar Federatsiyaga qoʻshildi va oʻzini oʻzi boshqaruvchi Buyuk Britaniyaga assotsialashgan davlat maqomini oldi. Tashqi siyosat va mudofaa masalalarini olib borish Britaniya ixtiyorida qoldi.
1969-yil 6-fevralda Angilya Respublikasi mustaqillik kunini eʼlon qildi. Ammo shu yilning 19-martida Britaniya bu yerga qoʻshin tashlab, uni egalladi va Angliya rasmiy ravishda Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi tarkibida qoldi. 1980-yilda Angilya uch orol federatsiyasi tarkibidan chiqdi va 1982-yildan buyon oʻz hukumati, gubernatori va parlamentiga ega.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yalpi ichki mahsuloti 108 million dollar (2018). Tabiiy zahiralari yoʻq. Ilk yillarda qimor oʻyinlari biznesi va kemachilik xizmatlari rivojlandi. Sayyohlik, ofshor biznesi, omar (dengiz katta qisqichbaqasi) ovlash, tuz va romlar ishlab chiqarish iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridir. Shakarqamish, tamaki, sabzavotlar yetishtiriladi.
Mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy korporatsiyalar uchun hech qanday soliq toʻlovi mavjud emas. Faqat roʻyxatga olish chogʻida yigʻimlar olinadi. Mijozlarning nomini sir saqlashga qatʼiy amal qilinadi. Shu bilan birga hukumat xalqaro moliyaviy shaffoflik talabini ham ogʻishmay bajarib kelmoqda. Shu sababli Angilyaning xalqaro biznes doiralarida nufuzi yuqori.
Avtomobil yoʻllari uzunligi 150 km. Temir yoʻllari yoʻq. Roud-Yabey va Bouling-Poynt bandargohlari, Uollbleyk aeroporti bor. Katta samalyotlarni qabul qila olmaydi. Havo aloqalari qoʻshni Sen-Marten orollari orqali amalga oshiriladi.
Karib Hamjamiyati assotsialashgan aʼzosi (1999).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Encyclopedia Britannica – Anguilla“. Qaraldi: 2019-yil 12-iyul.