Slasher

Slasher — bu qoʻrqinchli film janrining bir turi bo‘lib, unda qotil yoki bir guruh qotillar jamoasi odamlarni ta’qib qiladi va ularni tig‘li qurollar yordamida o‘ldiradi[1]. Garchi "slasher" atamasi qotillik ishtirok etadigan istalgan qo‘rqinchli filmga nisbatan norasmiy ishlatilsada, lekin kino tahlilchilari slasher janrini boshqa qo‘rqinchli filmlardan; masalan, maxluqlar, qonli sahnalar, g‘ayritabiiy va psixologik filmlardan ajratib turuvchi aniq xususiyatlari mavjudligini ta’kidlashadi[2]. Tanqidchilarning fikricha, 1960-yilda suratga olingan „Peeping Tom“ va „Psycho“ kabi qo‘rqinchli psixologik filmlar hamda italyancha „giallo“ filmlari slasher janrining ilk ilhom manbalari hisoblanadi[3][4][5]. Slasher filmlarining "oltin davri" ya’ni 1978-yildan 1984-yilgacha ushbu janr o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetdi[3]. Slasher janridagi mashhur filmlar qatoriga quyidagilar kiradi: „Black Christmas“ (1974), „The Texas Chain Saw Massacre“ (1974), Halloween (1978), „Friday the 13th“ (1980), „My Bloody Valentine“ (1981), „Sleepaway Camp“ (1983), „A Nightmare on Elm Street“ (1984), „Child's Play“ (1988), „Candyman“ (1992), „Scream“ (1996), „I Know What You Did Last Summer“ (1997), „Urban Legend“ (1998) va „Terrifier“ (2016). Avvalgi o‘n yillikda chiqarilgan ko‘plab slasher filmlar bugungi kunda ham kult muxlislariga ega bo‘lib qolmoqda[6].
| Filmga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Clayton, Wickham. Style and form in the Hollywood slasher film. Basingstoke: Palgrave Macmillan, 2015. ISBN 9781137496478. OCLC 927961472.
- ↑ Petridis, Sotiris (2014). "A Historical Approach to the Slasher Film". Film International 12 (1): 76–84.
- ↑ 3,0 3,1 „The 30 Most Influential Slasher Movies of All Time“. Vulture. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Celebrating The Impact & Influence Of Michael Powell's "Peeping Tom" – Top 10 Films“. www.top10films.co.uk (2016-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 14-may.
- ↑ Mark D. Eckel (2014). "When the Lights Go Down". p. 167. WestBow Press.
- ↑ Petridis, Sotiris. Anatomy of the Slasher Film: A Theoretical Analysis. North Carolina: McFarland, 2019. ISBN 978-1476674315.