Kontent qismiga oʻtish

Present continuous

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Present continuous (oʻzbekcha: Hozirgi davomli zamon; shuningdek, Progressive Tense deb ham ataladi) — zamonaviy ingliz tilida qoʻllanadigan feʼl shakli boʻlib, ish-harakatning ayni paytda sodir boʻlib turganligini yoki hali tugamaganligini ifodalaydi. Bu zamon to be yordamchi feʼlining hozirgi zamon shakllari (am, is, are) va asosiy feʼlning hozirgi zamon sifatdosh shakli (Participle I, odatda -ing qoʻshimchasi bilan) yordamida tuziladi[1].

Shakli va tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi davomli zamon quyidagi formula asosida yasaladi:

to be (am/is/are) + fe’l + -ing
Misol:
Inglizcha Oʻzbekcha
I am reading a book. Men kitob oʻqiyapman
She is writing a letter. U xat yozayapti.
They are playing football. Ular futbol oʻynashyapti

Hozirgi davomli zamon bir nechta holatlarda ishlatiladi:

  1. Hozir sodir boʻlayotgan ish-harakatlar;
  2. Odat boʻlib qolgan, lekin vaqtinchalik xatti-harakatlar;
  3. Kelgusida rejalashtirilgan ish-harakatlar.

Hozir sodir boʻlayotgan ish-harakatlar:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu zamon ayni paytda davom etayotgan vaqtinchalik ish-harakatni tasvirlash uchun ishlatiladi. Koʻpincha now (hozir), at the moment (ayni damda), today (bugun), this week (shu hafta) kabi vaqt ravishlari bilan qoʻllaniladi.

Misollar:
Inglizcha Oʻzbekcha
The children are playing outside today. Bugun bolalar tashqarida oʻynashyapti.
It is raining. Yomgʻir yogʻyapti.
What are you doing now? Hozir nima qilyapsiz?

Odat boʻlib qolgan, lekin vaqtinchalik xatti-harakatlar:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu holatda odatda salbiy munosabat yoki shikoyat bildiriladi va always (doim), constantly (uzluksiz) kabi soʻzlar bilan ishlatilishi mumkin.

Misollar:
Inglizcha Oʻzbekcha
That little girl is always biting her fingernails. Oʻsha qizcha doim tirnogʻini tishlab yuradi.
Tracy is always eating too much. Treysi doim koʻp ovqat yeydi.

Kelgusida rejalashtirilgan ish-harakatlar:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelasi zamonni ifodalovchi vaqt ravishlari (tomorrow – ertaga, tonight – bugun kechqurun, next week – keyingi hafta) bilan birga ishlatilganda, bu zamon yaqin kelajakda sodir boʻlishi kutilayotgan voqealarni tasvirlaydi.

Misollar:
Inglizcha Oʻzbekcha
We are going to the theatre tonight. Bugun kechqurun teatrga bormoqchimiz.
She is leaving on Friday. U juma kuni joʻnab ketyapti.
The chief constable is arriving from London tomorrow at 2:15. Bosh konstabel ertaga kunduzi soat 2:15 da Londondan keladi.
  1. M. A. Rustamov; M. I. Asriyans. Ingliz tili grammatikasi. Toshkent: Oʻzbekiston Respuvlikasi IIV Akademiyasi, 2006 — 111-bet.