Kontent qismiga oʻtish

Pitkern orollari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pitkern orollari
inglizcha: Pitcairn Islands
Pitkerncha: Pitkern Ailen
Britaniyaning dengizorti hududi
Madhiya: God Save the King
Pitkern orollarining joylashuvini ko‘rsatadigan xarita (pastki o‘ng burchakda aylana ichiga olingan va qo‘shimcha oynachada kattalashtirilgan holda)
Pitkern orollarining joylashuvini
ko‘rsatadigan xarita
(pastki o‘ng burchakda
aylana ichiga olingan va qo‘shimcha
oynachada kattalashtirilgan holda)
Poytaxt Adamstaun
Rasmiy til(lar) Pitkern va ingliz tili
Etnik guruhlar
Pitkernliklar
Etnoxoronim(lar) Pitkernliklar
Hukumat Mahalliy boshqaruvga
ega qaram hudud
• Monarx
Charles III
Iona Tomas
Lindsi Tompson
• Mayor
Saymon Yang
• Vazir
Stiven Douti
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Orol kengashi
Suveren davlat (Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik)
• bitim
1790-yil 15-yanvar
• Britaniya koloniyasi
1838-yil 30-noyabr
Maydon
• Butun
47 km2
Aholi
• 2023-yilgi roʻyxat
35 kishi (195-oʻrin)
• Zichlik 0.74/km2
YIM (nominal) 2005-yil roʻyxati
• Butun
YaZ$217,000
• Jon boshiga
YaZ$4,617
Pul birligi Yangi Zelandiya dollari (YaZ$) (NZD)
Vaqt mintaqasi UTC-08:00
Avtomobil harakati Chapga
Telefon prefiksi +64
ISO 3166 kodi PN
Internet domeni .pn

Pitkern orollariBuyuk Britaniyaning Tinch okeanidagi yagona dengizorti hududi. Gʻarbda Fransuz Polineziyasi bilan chegaradosh. Beshta orolni oʻz ichiga oladi: Henderson, Dyusi, Sendi, Oeno va Pitkern.

Boshqaruv shakli va aholisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstitutsiyaviy monarxiya. Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi. Uni Britaniyaning Yangi Zelandiyadagi oliy komissari (elchisi) idora qiladi va u orol gubernatori sanaladi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organi — bir palatali kengashga ega.

Pitkern dunyoda aholisi eng kam boʻlgan mamlakatdir. Mahalliy aholi ingliz dengizchilari va taitiliklar umumiy avlodlari hisoblanadi. Rasmiy tili — ingliz tili. Pitkern tilida soʻzlashiladi. Adventizmga eʼtiqod qilinadi. Orolni Buyuk Britaniya qurolli kuchlari himoya qiladi.

Joylashuvi va tabiati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tinch okeani janubiy qismida joylashgan Britaniyaning dengizorti hududidir. Beshta (Xenderson, Dyusi, Sendi, Oena va Pitkern) orollarni qamraydi, ularning faqat bittasida inson yashaydi. Ular vulqon va marjon kelib chiqish asosiga ega. Eng kattasi Xenderson (37,3 km²).

Gʻarbda Fransuz Polineziyasining Tuamotu va Gambye orollari bilan chegaradosh.

Qirgʻoq liniyasi tik qoyali boʻlib, notekisdir. Orollarda chuchuk suv yoʻqligi bois inson yashamaydi. Yomgʻir suvlari sunʼiy rezervuarlarda yigʻiladi.

Iqlimi — subtropik. Yillik oʻrtacha harorat — +18...24°C. 2000 mm gacha yogʻin yogʻishi mumkin, qurgʻoqchilik yillarida 800 mmdan oshmaydi. Noyabrdan martgacha kuchli boʻronlar turadi. Iyul va avgust oylari orolga tashrif uchun eng qulay vaqt sanaladi. Pandamus, Miro daraxti, paprotniklar oʻsadi.

Dyusi va Henderson orollari portugaliyalik dengizchi Pedro Fernandes de Kiros tomonidan 1606-yil 26-yanvarda ochilgan. Pitkern 1767-yil 2-iyulda britaniyalik Filipp Karteret tomonidan kashf etilgan. 1838-yili orollar Britaniyaning rasmiy mustamlakasi, deb eʼlon qilindi. 1898-yil Tinch okeani gʻarbiy qismida Britaniya Oliy komissari yurisdiktsiyasi ostida boʻldi. 1952-yildan Fijidagi Britaniya gubernatori boshqardi. 1970-yili Fiji mustaqillikka erishgach, Pitkernni Britaniyaning Yangi Zelandiyadagi elchisi idora qildi.

1914-yilda Panama kanali ochilishi munosabati bilan orolda kemalar doimiy toʻxtaydigan boʻldi. Chunki Pitkern kanaldan chiqqan kemalar uchun Yangi Zelandiyaga boruvchi dengiz yoʻlida joylashgan edi. 1937-yilda aholi soni 233 kishiga yetdi. Ammo Yangi Zelandiyaga emigratsiya sababli ular yil sayin kamaya bordi.

Qishloq xoʻjaligi uchun yer maydonining yetishmasligi, sayyohlikni rivojlantirish imkoniyati yoʻqligi, aeroportning mavjud emasligi, Yangi Zelandiyaga emigratsiyaning kattaligi sababli orol aholisi soni juda kamligicha qolmoqda.

Marganets, temir, mis, rux, oltin va kumush konlari bor. Meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Pochta markalari, asalchilik, baliqchilik, hunarmandchilik buyumlari tayyorlash rivojlangan. Kokos palmasi, joʻxori, non daraxti, banan, shakar, qahva, sitrus mevalar yetishtiriladi.

Turizm mamlakat daromadining 80 foizini beradi. Har yili oʻnlab sayyohlik kemalari orolga bir necha soatga toʻxtab oʻtadi va mahalliy aholi ularga suvenirlar sotadi.

Avtomobil yoʻllari — 6,4 km. Tashqi dunyo bilan aloqalar dengiz orqali amalga oshiriladi.

  • Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil