Fillit
Qiyofa
Fillit (yunoncha: phyllon — varaqsimon) — seritsit yoki xloritning mayda tangachalaridan tarkib topgan, yupqa varaqsimon metamorfik togʻ jinsi. Fllit tarkibida chaqiq kvars donachalari va baʼzan, albitning yangi hosil boʻlgan kristallari mavjud. Rangi, odatda, toʻq kulrang yoki kora. Fillit gilli slanetslar va argillitlarning metamorfizmi jarayonida hosil boʻladi. Metamorfizm darajasi oshgan sayin, slyudali slanetslarga aylanib boradi. Fillitning seritsitli, xloritli turlari maʼlum. Oʻzbekistonda Qurama va Chatqol togʻlarida, Fargʻona janubida, Qizilqumda, asosan, biotitli va xloritli fillitlar koʻp uchraydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |