Farrux Sayfiyev
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Farruh Karimovich Sayfiyev | ||
| Tavallud sanasi | 17-yanvar 1991-yil | ||
| Tavallud joyi | Samarqand Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 183 m (600 ft 4 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi / Qanot yarim himoyachisi | ||
| Laqabi | Fara | ||
| Vazni | 75 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
| Raqami | 34 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| …—2012 | Nasaf | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012—2018 | Nasaf | 111 | (13) |
| 2018—2023 | Paxtakor | 140 | (11) |
| 2024 | Navbahor | 21 | (1) |
| 2025— | Neftchi | 12 | (1) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2014— | Oʻzbekiston | 63 | (1) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 24-avgust uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 2-sentyabr uchun) | |||
Farruh Karimovich Sayfiyev (ruscha: Сайфиев, Фаррух Каримович1991-yili 17-yanvar, Samarqand[1]) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Farruh Sayfiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2012-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan. U ushbu klubdagi dastlabki birinchi mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Keyingi mavsumda esa 16 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasi sharafini himoya qilib, raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi[2][3]. 2014-yilgi mavsumda esa u jamoaning asosiy tarkibidan oʻrin oladigan boʻldi va 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Nasafdagi ushbu muvafaqqiyatlaridan keyin u terma jamoa murabbiyini eʼtiboriga tushgan. 2017-yilgi mavsumda eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[4].
2017-yil 27-dekabr „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2018-yildan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisig aylandi[5]. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida 6 mavsum davomida oʻynadi va 5 marta Oʻzbekiston Sperligasi chempioniga aylandi. Bu davrda „Paxtakor“ klubida 190 dan oshiq oʻyin oʻtkazdi va 11 ta gol muallifiga aylandi. 2022 va 2023-yilgi Oʻzbekiston Superligasi oʻyinalarida eng koʻp assist amalga oshirgan futbolchilardan biri boʻlgan[6][7].
2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamosiga oʻtganligi eʼlon qilingan[8].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Oʻzbekiston olimpiya futbol terma jamoasi safida oʻynagan, misol uchun, 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.
Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yili 20-avgustda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan[9][10].
Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 2015-yilgi Osiyo kubogida qatnashgan milliy terma jamoa safiga uni ham qoʻshdi, ammo, u musobaqada Farruh Sayfiyev bironta ham oʻyinda maydonga tushmagan[11].
Milliy terma jamoadag statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2022-yil 8-iyun | Markaziy Stadium, Namangan, Oʻzbekiston | 2–0 | 3–0 | 2023-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston chempionati chempioni: (5) 2019, 2020, 2021, 2022, 2023
Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrini: 2017, 2018
Oʻzbekiston chempionati 3-oʻrini: 2013, 2014, 2015, 2016[12], 2024
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (3) 2015, 2019, 2020
Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2012, 2013, 2016, 2018, 2021, 2024
Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (3) 2016, 2021, 2022
Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Farrux Sayfievni tabriklaymiz!“ (2015-yil 17-yanvar).
- ↑ Visshaya liga-2013. Farrux Sayfiev avtor 500-go gola
- ↑ „Oliy liga-2013. Farruh Sayfiev 500-gol muallifi“ (2013-yil 31-oktyabr).
- ↑ „Oliy liga-2017. Havodan eng koʻp aniq uzatma oshirgan qanot himoyachilari“ (2017-yil 28-dekabr).
- ↑ „Rasman: Farruh Sayfiev "Paxtakor" futbolchisi“ (2017-yil 27-dekabr).
- ↑ „Coca Cola Superligasi-2022. Eng yaxshi assistentlar“ (2022-yil 14-noyabr).
- ↑ „Turkiya klubi O'zbekiston chempionatining eng yaxshi assistentiga qiziqmoqda“ (2023-yil 7-dekabr).
- ↑ „Расман: Фарруҳ Сайфиев — "Навбаҳор" футболчиси!“ (2024-yil 30-yanvar).
- ↑ „Farrux Sayfiev va Dilshod Jo'raev terma jamoada debyut qilishdi“ (2014-yil 21-avgust).
- ↑ Azerbaijan 0–0 Uzbekistan
- ↑ „Osiyo Kubogi. O'zbekiston tarkibida nechta futbolchi musobaqada debyut qilishi mumkin?“ (2024-yil 4-yanvar).
- ↑ „Poker qayd etgan "sakkiztalik"“ (2016-yil 21-noyabr).
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Farrux Sayfiyev OʻzPFL saytida
- Farrux Sayfiyev Soccerway saytida
- Farrux Sayfiyev National-Football-Teams.com saytida(ingl.)
- Farrux Sayfiyev FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- Farrux Sayfiyev Transfermarkt saytida
- 17-yanvarda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Samarqand sport kishilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
