Kontent qismiga oʻtish

Boqiy shahar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boqiy shahar
Boqiy shahar
Umumiy maʼlumot
Manzili Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston
Shahar Samarqand
Mamlakat Oʻzbekiston
Binoning ichki maydoni 7 gerktar[1]
Dizayn va konstruksiya
Muhandis Bobur Ismoilov
https://www.silkroad-samarkand.com

Boqiy shaharSamarqanddagi turistik majmua boʻlib, Oʻzbekiston xalqlari va mintaqalarning tarixiy madaniyati, anʼanalari hamda meʼmoriy merosini namoyish etuvchi qadimiy shahar koʻrinishida qayta tiklangan. Majmua Samarqand turizm markazi hududida, 7 gektar maydonni egallagan[2].

Boqiy shahar markazida bitta galereya, qadimiy sharqona uslubdagi bozor hamda 36 ta rastadan iborat 14 ta hunarmandchilik ustaxonasi joylashgan. Shuningdek, ikki milliy taomlar restorani qurilgan. Tor koʻchalarda rassomlar, hunarmandlar va duradgorlarning doʻkonlari faoliyat yuritadi[3].

Markaziy koʻchasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy toshdan yasalgan yoʻl boʻylab sayr qilib, mehmonlar milliy kutubxona y.k qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurishlari, kashtachilik sanʼati, milliy liboslar va tanga zarb qilish sanʼati b.n tanishishlari, shuningdek, Samarqand noni y.k somsasi b.n mehmon boʻlishlari m.n[4]

Fargʻona koʻchasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning gʻarbiy chegarasidagi Fargʻona koʻchasida – Xitoy va Yevropa oraligʻidagi toʻquvchilik – gilam, atlas va adras, shuningdek Rishton kulolchiligi va oʻzbek milliy taomlari – palov, non va holva.larni koʻrishingiz mumkin[5].

Buyuk Samarqand Restorani

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menyu boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi milliy taomlar va 8 metrlik ustunkar mavjud. Menyuda asosiy eʼtibor oʻzbek oshxonasi taomlari va anʼanaviy sharqona retseptlarga qaratilgan. Mahsulotlarning aksariyati taʼmi va pishirish texnologiyasining aslligini saqlash maqsadida Oʻzbekistondan keltiriladi. Restoran milliy oʻzbekcha ziyofat tadbirlarini oʻtkazish uchun mos keladi. Ish vaqti: har kuni soat 11:00 dan 00:00 gacha

Shou dasturlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boqiy shaharga tashrif buyuruvchilar uchun koʻcha musiqachilarining ijrolari va turli tomoshalar tashkil etilgan. Xalqaro amaliy sanʼat festivali, kulolchilik simpoziumi, jahon xalqlarining anʼanaviy liboslari festivali va rassomlarning xalqaro forumi diqqatga sazovor. Qoʻgʻirchoq teatrida mehmonlar papier-machedan tayyorlangan oʻzbek milliy qoʻgʻirchoqlari spektaklini tomosha qilishlari mumkin. Ularning prototiplari milliy ertak qahramonlari boʻladi. Teatrda yodgorlik doʻkoni mavjud boʻlib, u yerda Oʻzbekistonga sayohatingiz xotirasiga oʻzingiz yoqtirgan qoʻgʻirchoqni xarid qilishingiz mumkin.