Kontent qismiga oʻtish

Agate Caune

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Agate Caune

Agate Caune 2023-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Latviya bayrogʻi Latviya
Tavallud sanasi 2000-yil 7-avgust
Valmiera, Latviya
Sport
Qaysi sport yengil atletika
Murabbiy(lar)i Līga Dzene[1]
Raitis Ravinskis[2]
Sport mukofotlari
Yevropa oʻyinlari
Oltin Kraków-Małopolska 2023 5000 m
Yengil atletika bo‘yicha U20 Yevropa chempionati
Oltin Iyerusalim 2023 3000 m

Agate Caune (lotincha talaffuzi: [ɑːgɑːtɛ saʊnɛ], „Ah-GAH-teh Sawn-eh“; 2004-yil 7-avgust, Latviya, Valmiera) – latviyalik yengil atletikachi. Bir necha bor Latviyaning milliy chempioni boʻlgan Caune 3000 metr masofaga yugurish boʻyicha mamlakat rekordchisi hisoblanadi[3]. U 2022-yilda yilning eng yaxshi yulduzi va 20 yoshgacha boʻlgan ayollar orasida „Yilning eng yaxshi yengil atletikachisi“ unvonlariga sazovor boʻldi[4][5][6][7].

Caune 2019-yilda 1500 va 3000 metr masofalarga yugurish bahslarida Latviya U16 chempioni boʻlgan. U bosqichma-bosqich rivojlanib, 2020-yilda yopiq hamda ochiq inshootlardagi musobaqalarda 3000 metrga yugurish boʻyicha Latviya U18 chempioniga aylangan. 2021-yilgi Latviya U18 chempionatida esa 800 va 1500 metr masofalarda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shu yilning oʻzida u 5000 metrga yugurish boʻyicha ham ilk bor kattalar oʻrtasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan.

Valmieralik Caune 2021-yilda Estoniyaning Tallinn shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa yengil atletika U20 chempionatida 5000 metr masofaga yugurishda kumush medalni qoʻlga kiritdi – u oʻshanda atigi 16 yoshda edi. Shundan soʻng, Keniya poytaxti Nayrobida tashkil etilgan Jahon yengil atletika U20 chempionatida 3000 metr masofaga yugurish bahslarida oltinchi oʻrinni egalladi.

Caune 2022-yilda 5000 metr masofaga yugurishda ikkinchi bor Latviya chempioni boʻldi, shuningdek, 10 000 metr masofada ham milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi. Shu yil davomida u turli masofalar boʻyicha Latviya U20 chempioni deb topildi: yopiq inshootlarda 800 metr, yopiq va ochiq inshootlarda 1500 metr hamda ochiq inshootlarda 3000 metr masofalarda.

Kolumbiyaning Kali shahrida oʻtkazilgan 2022-yilgi Jahon yengil atletika U20 chempionatida u 3000 metr masofaga yugurish bahslarining finalida oltinchi oʻrinni egalladi, 5000 metr masofani esa 15 daqiqa 43,56 soniyada bosib oʻtib, toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2023-yilning may oyida Germaniyaning Karlsruhe shahrida u 5000 metr masofani 15 daqiqa 12,94 soniyada yugurib oʻtdi[8][9].

Caune 2024-yilgi Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Latviya terma jamoasi tarkibida 5000 metr masofaga yugurish bahslarida ishtirok etish uchun tanlab olindi. U 2-avgust kuni boʻlib oʻtgan dastlabki saralash bosqichida qatnashdi. Ushbu bosqichda birinchi sakkizta sportchi keyingi bosqichga yoʻl oldi. Caune oʻz guruhida 16-oʻrinni (umumiy natijada 33-oʻrin) egallab, 5000 metr masofani 15 daqiqa 38,19 soniyada bosib oʻtdi[10].

  1. Dambrova, Austra. „Vieglatlēte Agate Caune šogad pārsteigusi daudzus“. Valmieras novada pašvaldība (2021-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  2. „LVS - Agate Caune“. Latvia Athletics Union. Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  3. „Agate Caune“. World Athletics. Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
  4. Ozerinskis, Emil. „Valmieras novada gada sportists - Babris, uzlecošā zvaigzne - Caune“. Sportacentrs (2022-yil 12-mart). Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  5. Balčus, Elizabeth. „AIZVADĪTA "GADA BALVA VIEGLATLĒTIKĀ 2022"“. Latvian Athletics Union (2022-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  6. „“Gada balva vieglatlētikā 2022” balvas iegūst valmierieši – treneris Ravinskis un vieglatlēte Caune!“. Valmieras novada pašvaldība (2022-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  7. Ozerinskis, Emil. „Valmieras novada gada sportists - Babris, uzlecošā zvaigzne - Caune“. Sportacentrs (2022-yil 12-mart). Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  8. „Jerusalem and Budapest beckons for rising Latvian distance running prodigy Caune“. European-Athletics (2023-yil 2-iyul). Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
  9. Cukurs, Jūlijs „Agate Caune – sestā ātrākā juniore pasaulē“. Eliesma.lv (2022-yil 5-avgust). Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
  10. „Latvian Olympic Athletes Named“. eng.lsm.lv (2024-yil 8-iyul). Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.